2020 yil 1 yanvardan boşlab, Özbekistonda avtomobil işlab çiqaruvçilar ham qöşilgan qiymat soliği tölovçisi böladi. Bu haqda Moliya vaziri örinbosari Dilşod Sultonov ma'lum qildi.
«Avtosanoat, deyarli, tayyor. 2020 yil 1 yanvardan boşlab, balki undan ham avval, ular QQS tölovçisiga aylanadi», – deb fikr bildirgan Sultonov.
Şunday qilib, GM Uzbekistan va unga ehtiyot qismlari işlab çiqaruvçi barça korxonalar ham soliq imtiyozlaridan mahrum etilmoqda. 2008 yildan buyon kompaniya yengil avtomobil işlab çiqarişda barça soliqlar, Özbekiston yöl fondi majburiy tölovlaridan ozod etilgandi. Şu paytgaça, zavod QQS tölovidan ozod etilgandi.
Davlat soliq qömitasi raisining birinçi örinbosari Mubin Mirzayev Kun.uz'ga bergan intervyusida QQS tölovçilarining safi ortib borayotganini bildirgandi. Uning aytişiça, qişloq xöjaligi vakillari ham yangi soliq siyosati böyiça QQS tölovçisiga aylanişi mumkin. Bu fikrni, avvalroq, Dilşod Sultonov ham tasdiqlagan.











