2019 yilning 26 fevral kuni Taşqi işlar vazirliklari örtasidagi siyosiy maslahatlaşuvlarning navbatdagi raundida iştirok etiş uçun Ostona şahriga borgan Özbekiston Respublikasi taşqi işlar vazirining birinçi örinbosari Ilhom Ne'matov Qozoğiston Respublikasi taşqi işlar vaziri Beybut Atamqulov bilan uçraşdi.
Suhbat çoğida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari muhokama qilindi. Avvalo, Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyevning 2019 yil aprel oyida Toşkent şahrida ötkazilişi belgilangan Markaziy Osiyo davlat rahbarlari Ikkinçi maslahat uçraşuvidagi iştirokining amaliy jihatlari töğrisida söz bordi, deyiladi TIV xabarida.
Şuningdek, 2018 yilda yakuniga yetgan «Qozoğistonda Özbekiston yili»ning mantiqiy davomi bölmiş «Özbekistonda Qozoğiston yili»ni ötkaziş dasturi loyihasi böyişa ham fikr almaşilgan.
Qozoğiston TIV rahbarining qayd etişiça, ikki davlat prezidentlarining siyosiy irodasi tufayli ikki tomonlama munosabatlar yuqori darajaga çiqdi va barqaror rivojlaniş tusini olmoqda. Vazir tomonidan mamlakatlar örtasida barça sohalarda köp qirrali hamkorlikni kengaytiriş uçun yirik imkoniyatlar mavjudligi ta'kidlandi.
Uçraşuvda Özbekiston-Qozoğiston hamkorligining boşqa masalalari ham körib çiqilgan.
Eslatib ötamiz, avvalroq Ilhom Ne'matov Ostonada qurilayotgan Özbekiston elçixonasi binolarini borib körgandi.












