Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilişdan olingan tuşumni xronometraj közdan keçirişdan ötkaziş hamda kamaytirilgan tuşum summasidan soliqlarni hisoblab çiqiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi hujjat loyihasi joylaştirildi.

Nizomga köra, xronometraj közdan keçiriş ötkazişga boşqa şaxslarni, şu jumladan ekspertlarni jalb etişga yöl qöyilmaydi.

Pul tuşumini, işlab çiqariş hajmlarini va tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiliş hajmlarini xronometraj közdan keçiriş tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiluvçi soliq tölovçilarda, bevosita tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiliş joyida, mahsulot işlab çiqariş sexlarida, şuningdek işlarni bajariş va xizmatlar körsatiş joylarida hamda soliq tölovçi daromadlar oliş uçun foydalanayotgan yoxud soliq soliş obektlarini saqlaş bilan boğliq boşqa joylarda davlat soliq xizmati organlarining mansabdor şaxslari tomonidan kuzatiş va qayd etiş orqali ötkaziladi.

Xronometraj közdan keçirişni amalga oşiriş jarayonida soliq tölovçidan hisobga oliş hujjatlarini talab qilişga, soliq tölovçiga nisbatan talablar qöyişga yoki soliq tölovçining faoliyatiga boşqaça tarzda aralaşişga yöl qöyilmaydi, bundan soliq tölovçidan hamda rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boşqaruv vazifalarini amalga oşiruvçi şaxslardan, soliq tölovçining boşqa moddiy javobgar xodimlaridan tuşuntirişlar oliş, şuningdek nazorat-kassa maşinalarida va tölov terminallarida saqlanayotgan xronometrajni ötkaziş davriga doir ma'lumotlarni oliş mustasno.

Xronometraj közdan keçirişni ötkaziş muddati ketma-ketlikda yetti kalendar kundan ortiq bölmagan holda, soliq tölovçining belgilangan iş rejimi va faoliyat turidan kelib çiqib ötkaziladi. Xronometraj közdan keçirişni ötkaziş muddati dam oliş kunlariga töğri kelgan taqdirda, dam oliş kunlari hisobiga ötkazib yuborilgan muddat keyingi iş kunidan boşlab hisoblanadi.

Bunda, xronometraj közdan keçiriş soliq tölovçining kunlik iş vaqtini töliq qamrab olgan holda, joylaşgan joyidan qat'iy nazar barça obektlarida bir vaqtning özida ötkaziladi.

Xronometraj közdan keçiriş soliq tekşiruvi hisoblanmaydi va tekşirişlarni röyxatga oliş kitobiga yozuv kiritilmaydi.

Xronometraj közdan keçirişni tayinlaşga tuşumlarning haqiqiy hajmlarini, pul tuşumi summalarini, işlab çiqariş hajmlarini, tovarlarni (işlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiliş hajmlarini aniqlaş zaruriyati asos böladi.