Apple kompaniyasi 2021 moliya yilining 1-çoragida (2020 yil 26 dekabrigaça bölgan 3 oylik) birinçi marta 100 mlrd dollardan köproq tuşum oldi. Tuşum 2020 moliya yilining 1-çoragiga nisbatan 21 foizga oşib, 111,4 mlrd dollarga yetgan. 

Kompaniyaning sof daromadi esa 22,2 mlrd dollardan 28,8 mlrd dollargaça oşgan.

“Bizning 4-çorakdagi natijalarimiz har bir toifadagi mahsulotlarimizda körsatkiçlarning 2 raqamli ösişi evaziga ta'minlandi. Bu esa har bir geografik segmentda tuşumning rekord darajada ösişiga olib keldi”, deb ma'lum qilgan kompaniyaning moliyaviy direktori Luka Maestri.

Kompaniya rahbari Tim Kukning ta'kidlaşiça, Apple’ning faol qurilmalari soni 1,65 mlrdga yetdi. Uning aytişiça, bir yil avval bu körsatkiç 1,5 mlrdni taşkil qilgan. Kukning aytişiça, kompaniya Xitoyda iPhone’lar savdosi hajmini oşirişga muvaffaq bölgan.

Apple dunyo brendlari röyxati Brand Finance Global 500’da 2020 yil yakunlariga köra 1-örinni egalladi. U 2016 yildan beri birinçi marta yetakçiga aylandi. Ekspertlar Apple brendini 263,4 mlrd dollarga baholaşgan. Reyting mualliflarining ta'kidlaşiça, Apple biznesning muvaffaqiyatli diversifikatsiyasi hisobiga ötgan yilgi yetakçilar - Amazon va Google’dan özib ketgan.