25 fevral kuni Özbekiston inson huquqlari «Ezgulik» jamiyati raisi Abdurahmon Taşanov «Jasliq»qa borib mahkum Iskandar Xudoyberganov bilan uçraşdi. U Kun.uz muxbiri bilan suhbatda uçraşuv tafsilotlari haqida aytib berdi.

«Iskandar Xudoyberganov bilan uçraşiş uçun bildirilgan murojaat paysalga solinmay, öz vaqtida körib çiqildi. Men uçraşuvni belgilaşda qiyinçiliklarga duç kelmadim. Xudoyberganov bilan suhbatimiz taxminan 40 daqiqa davom etdi», – deydi inson huquqlari faoli. 

Foto: Abdurahmon Taşanov

1974 yilda Toşkent şahrida tuğilgan Iskandar Xudoyberganov 2002 yil 28 noyabr kuni Toşkent şahar sudi tomonidan Jinoyat kodeksining 155-moddasi 3-qismi («Terrorizm»), 156-moddasi 2-qismi («Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovat qözğatiş»), 159-moddasi 4-qismi («Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qiliş»), 161-moddasi («Qöporuvçilik»), 242-moddasi 2-qismi («Jinoiy uyuşma taşkil etiş»), 247-moddasi 3-qismi («Öqotar qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar yoki portlatiş qurilmalarini qonunga xilof ravişda egallaş»), 248-moddasi 1-qismi («Qurol, öq-dorilar, portlovçi moddalar yoki portlatiş qurilmalariga qonunga xilof ravişda egalik qiliş»)da közda tutilgan jinoyatlarni sodir etişda ayblanib ölim jazosiga hukm qilingan, keyinroq Özbekiston Respublikasi Oliy sudi ajrimiga asosan hukm özgartirilib, 25 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Xudoyberganov belgilangan jazoni Özbekiston Içki işlar vazirligi Jazoni ijro etiş Boş boşqarmasi tizimidagi 64/71-sonli («Jasliq») muassasasida ötamoqda. 

Abdurahmon Taşanovning aytişiça, mahkumga nisbatan qiynoqlar işlatilayotgani, uning soğliği oğirlaşib, yaşaş şaroiti qiyinlaşgani kabi asossiz tarqatilgan xabarlar uçraşuvda öz tasdiğini topmadi. 

Foto: Abdurahmon Taşanov

«Xudoyberganov sönggi ikki yilda umuman qiynoqlar qöllanilmayotgani, unga nisbatan kuç yoki bosim işlatilmaganini bildirdi. Men uning sözlariga şunçaki işonmadim, barça tafsilotlarni birma-bir söradim. Mening nazarimda, u haqiqatan işonçli gapirdi. Ovqatlaniş ratsionini tasvirlab berişini söragandim, aldamay, rostini aytdi. Masalan, uçraşuvga qadar şör bodring, pişirilgan lavlagidan salat, greçka, tuxum va perlovkadan pişirilgan ovqat berilganini aytdi. U köpgina non örtaga töğrab qöyilganini aytdi», – deydi Abdurahmon Taşanov.