Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga çiqayotgan özbekistonlik Şahram Ğiyosov (7-0, 6 KO) aprel oyida özining sakkizinçi jangini ötkazadi. Bu haqda GoSport.uz manbasi xabar bermoqda.

Ma'lumotlarga köra, Şahram Ğiyosov 26 aprel kuni Kaliforniya ştatining Inglvud şahrida joylaşgan maşhur kazino markazi Forum saroyida ringga kötariladi. Hozirça unga kim raqiblik qilişi ma'lum emas.

E'tiborli tomoni, mazkur boks oqşomining markaziy jangida ikkinçi yarim yengil (-55,34 kg) vazn toifasining WBA çempionlik kamari sohibi amerikalik Daniel Roman (26-2-1, 10 KO) va IBF kamari egasi avstraliyalik Terens Doeni (21-0, 15 KO) kamarlarni birlaştiruvçi jangda iştirok etadi.

Inglvudda bölib ötadigan mazkur boks oqşomi Matchroom Boxing promouterlik kompaniyasi rahbari Eddi Hirn va Thompson Boxing Promotions kompaniyasi rahbari Ken Tompson tomonidan taşkil qilinmoqda.

Eslatib ötamiz, sönggi marta Şahram Ğiyosov 23 fevral (Toşkent vaqti bilan 24 fevral) kuni Meksikada mahalliy boksçi Edgar Puertani (25-12-1, 19 KO) beşinçi raundda texnik nokaut evaziga mağlubiyatga uçratgandi.