Olimpiya öyinlari sovrindori, havaskor boksda jahon çempioni Şahram Ğiyosov professional boksda navbatdagi ğalabasiga erişdi.

Meksikaning Tixuana şahrida bölib ötgan boks oqşomida özbekistonlik boksçi meksikalik Edgar Puertaga qarşi ringga kötarilib, muddatidan avval ğalabaga erişdi.

8 raund uçun möljallangan jangning beşinçi raundda Şahram Ğiyosovning ketma-ket zarbalaridan söng raqib muvozanatni yöqotdi. Şu sababli hakamlar bahsni töxtatişdi va Şahram jangni muddatidan oldin öz foydasiga hal qildi.

Mazkur bahs orqali Ğiyosov faoliyatidagi yettinçi jangida yettinçi ğalabani rasmiylaştirdi. U janglarining 6tasida raqiblarini nokautga uçratgan. Meksikalik Edgar Puertoning ötkazgan janglari soni esa 38taga yetdi. Ularning 25tasida ğalaba qozongan (19ta nokaut). 12 marta mağlubiyatga uçragan (6ta nokaut) va 1ta durangga erişgan.