AQŞ prezidenti Donald Tramp Vetnam poytaxti Xanoyga yetib keldi. Tramp bu yerda Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In bilan ikkinçi sammitni ötkazadi.

AQŞ-Şimoliy Koreya sammiti 27-28 fevral kunlari bölib ötadi. Tramp JW Marriott mehmonxonasida töxtaşi kutilmoqda.

Oq uyda ma'lum qilinişiça, Trampning rasmiy dasturi 27 fevralda boşlanadi. Uning ilk tadbiri mahalliy vaqt bilan soat 11ga belgilangan: AQŞ prezidenti Vetnam prezidenti Nguyen Fu Çong bilan uçraşadi. Şundan keyin Vetnam delegatsiyasi bilan kengaytirilgan tarkibda muzokaralar ötkazilişi kutilmoqda. Şuningdek, savdo böyiça hujjat imzolanişi kutilmoqda, biroq uning mazmuni hozirça ma'lum qilinmagan.

Söngra Tramp Vetnam boş vaziri Nguyen Suan Fuk bilan uçraşadi. Şuningdek, işçi lanç belgilangan.

AQŞ prezidenti Kim Çen In bilan keçga yaqin uçraşadi. Muzokaralar ötadigan joy nomi hozirça oşkor qilinmayapti. 

AQŞ va Şimoliy Koreya yetakçilari birga-bir formatda uçraşuv ötkazişadi, söngra keçki tanovul bölib ötadi. Unda AQŞ davlat kotibi Mayk Pompeo, Oq uy apparati rahbari vazifasini bajaruvçi Mik Malveni ham iştirok etadi. Kim Çen Inga esa Koreya mehnat partiyasi markaziy qömitasi raisi örinbosari Kim Yon Çxol hamrohlik qiladi.