2019 yilning 27 fevralida Jakarta şahrida Özbekiston Respublikasining Indoneziyadagi favqulodda va muxtor elçisi Uluğbek Röziqulov Janubi-şarqiy Osiyo mamlakatlari uyuşmasi (ASEAN) boş kotibi Dato Lim Jok Xoyga işonç yorliğini topşirdi. Bu haqda Kun.uz’ga Özbekistonning Jakartadagi elçixonasidan xabar berişdi.

Uçraşuv davomida boş kotib Özbekistonning kompleks rivojlaniş jarayonini qiziqiş bilan kuzatib borayotganligini ta'kidladi. Uning fikriça, Özbekiston Prezidenti tomonidan olib borilayotgan islohotlar öz samarasini bermoqda. Şu jumladan, mamlakatning turli xalqaro reytinglarga kirişi, investitsiyalar va taşqi savdoni ösişi xamda, jahon hamjamiyati, xususan, Janubi-Şarqiy Osiyo mamlakatlarining Özbekistonga qiziqişi tobora ortib borayotganligi bunga misol böla oladi.

Dato Lim Jok Xoy 19-20 fevral kunlari Şanxay hamkorlik taşkiloti boş kotibi Vladimir Norovning Jakartaga qilgan taşrifini alohida ta'kidlab ötdi. Unda ASEAN va ŞHT örtasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantiriş istiqbollarini, şuningdek, uşbu taşkilotga a'zo mamlakatlarning özaro munosabatlarini yanada mustahkamlaş töğrisida muzokaralar olib bordilar. 

Özbekiston va ASEAN taşkilotining hamkorligi va mavjud xalqaro taşabbuslarni hisobga olgan holda, boş kotib Özbekistonning uyuşmaga a'zo mamlakatlar bilan transport, savdo va investitsion aloqalarini kengaytiriş uçun imkoniyatlar mavjudligini ta'kidladi. Şuningdek, bu jarayon Özbekiston ASeAN örtasida özaro savdo-sotiq kölamini kengaytiriş imkonini beradi.

Janubi-Şarqiy Osiyo mamlakatlari assotsiatsiyasi (ASEAN) Janubi-Şarqiy Osiyoda joylaşgan 10 davlat (Bruney, Vetnam, Indoneziya, Kambodja, Laos, Malayziya, Myanma, Singapur, Tailand, Filippin)ning mintaqaviy hukumatlararo taşkiloti bölib, 1967 yil 8 avgustda Bangkokda "Bangkok deklaratsiyasi"ni imzolaş orqali taşkil etilgan. 2018 yil yakunida taşkilotga a'zo davlatlarning aholisi 651 million kişidan oşdi, YaIM 3 trillion dollardan, taşqi savdo aylanmasi esa 2,3 trillion dollardan oşgan.