AQŞ Hindiston va Pokistonni mojarodagi keskinlikni bartaraf etiş uçun haqiqiy qadamlar taşlaşga çaqiradi. Bu haqda RIA «Novosti» Oq uyga asosan xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga köra, AQŞ hukumati Hindiston va Pokiston örtasidagi keskinlik tobora kuçayib borayotganidan xavotirda.

Ta'kidlanişiça, Oq Uy ikki davlat örtasidagi harbiy mojaro butun jahon hamjamiyati uçun yuqori darajadagi xavfni keltirib çiqaradi, deb hisoblaydi.

AQŞ mudofaa vaziri vazifasini bajaruvçi Patrik Şanaxan Hindiston va Pokiston hukumatini özaro mojaroning harbiy keskinlaşuviga yöl qöymaslikka çaqirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.

Agentlik ma'lumotlariga köra, Şanaxan tomonlarni bundan keyingi harbiy harakatlardan tiyilişga çaqirgan.

Ta'kidlanişiça, Hindiston va Pokiston örtasidagi keskinlikning pasayişi Pentagon rahbari v.b. diqqat markazidadir. 

Şuningdek, Xitoy taşqi işlar vaziri Van I Hindiston va Pokiston örtasida yuzaga kelgan keskinlikdan xavotirda ekanini bildirdi.

U bu haqda Pokiston taşqi işlar vaziri Şoh Mahmud Qurayşiy bilan telefon orqali muloqot çoğida ma'lum qilgan.

Van Ining sözlariga köra, Pekin xalqaro munosabatlar tamoyillari buzilişi holatlarini körişni xohlamaydi.

Şuningdek, u Hindiston va Pokiston vazminlikni körsatişiga umid bildirdi.

Van Ining ta'kidlaşiça, tomonlar vaziyatning keskinlaşişiga yöl qöymaslik böyiça kelişuvlarga amal qilişi kerak.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pokiston Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tuşirgandi.

Şundan söng, Hindiston javob qaytarib, Pokistonning qiruvçi samolyotini urib tuşirdi