Hindiston va Pokiston harbiylari Kaşmirdagi mojaro sababli yadroviy bosib turiş kuçlarini jangovar tayyorgarlikka keltirişdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.
Bu orada ijtimoiy tarmoqlarda tomonlar armiyalari Kaşmirdagi ajratuvçi çiziq oldida janglarga kirişgani xabar qilinmoqda.
120 tagaça yadroviy jangovar kallakka ega ikki davlat örtasida 2002 yilda ham yadro uruşi yuz berişi xavfi vujudga kelgandi. Öşanda bunga terrorçilar tomonidan Hindiston parlamentida sodir etilgan terakt sabab bölgan. Oqibatda ikki davlat öz çegaralariga 500 minggaça harbiyni joylaştirgan. Öşanda yadro uruşini Moskva va Vaşington töxtatib qolgan. “Rossiya Hindiston bilan, AQŞ Pokiston bilan muzokaralar olib borgandi. Bugungi kunda, afsuski, Rossiya va AQŞning Hindiston-Pokiston mojarosini tartibga solişda birgalikda harakat qilişiga umid qilmasa ham böladi”, deb aytildi axborot agentligida.
Bu safar mojaroning avj olişiga yöl qöyib bölmaslik haqida Yevropa Ittifoqida ham aytilmoqda. Yevropa Ittifoqi diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini Islomobod va Nyu-Dehlini taşqi işlar vazirliklari böyiça aloqalarni tiklaşga çaqirdi.













