«Janob Tsvayg! Siz bu maktubni heç qaçon öqimasligingizni men, albatta, ongli ravişda idrok etaman. Lekin baribir bu maktubni yozişga qaror qildim. Yozmasam bölmasdi. Yozişga undagan narsa sizning «Notaniş ayolning maktubi» asaringiz (mulohazalarimni maktub tarzida yozişga ham aynan asarning yoziliş uslubi sabab böldi, ehtimol).

1920-1922 yillar mobaynida yozilgan «Notaniş ayolning maktubi» (Brief einer Unbekannten) novellangizda kuçli dramatizm seziladi. 

Bu dramatizmning haqqoniyligiga birinçi jahon uruşidan keyin odamlarda tuğilgan beparvolik, «faqat bugun yaşa» kayfiyati paydo bölişiga ham asos bölsa, ajabmas. 

Asarda bitta markaziy personaj mavjud (asar nomidan kelib çiqqan holda, uning şaxsi noma'lum), fabula ham aynan uning taqdirini aks ettiradi. Şaxs psixologiyasining eng içkari, eng nozik çizgilari muhabbatning heç kim aniq bilmaydigan, ayni vaqtda hammaga juda taniş ranglari bilan çizilgan. 

Balki bu asar psixoanalitik Zigmund Freyd bilan köp muloqotda bölganligingiz mahsulidir. 

13 yoşli qizçaning 25 yoşli yigitga bölgan va umrining oxiriga qadar davom etgan muhabbati çizilgan asarni turk tiliga tarjima qilgan Ahmad Jamol uni «Muhabbat psixologiyasi» deb ataydi. Bir kambağal qiz özidan 12 yoş katta, öz nazarida mukammal bölgan qöşni yigitga mehr qöyadi (fikrimça, otasi yöq, onasidan mehr körmagan qiz xayolan özining najot fariştasini yaratadi va aynan öşa yigit timsolida uni köradi).

Hali kiçkina qizaloq bölganida ham, durkun qiz bölib yetişganda ham, köça-köyda oşiqlari bilan yetaklaşib yurganda ham, mahbubining farzandini dunyoga keltirgandan söng ham, yigit (R. ismli yozuvçi) uni tanimadi, nigohlarini his etmadi. 

Öz muhabbatiga faqatgina jism ehtiyojini qondiriş istagini körsatuvçi javobni oldi. 

«Men sen uçun hatto ismsiz edim. Meni bir neça soniyagagina körgan xizmatkoring Jon ham meni tanidi hatto, ammo sen tanimading. Buning örniga menga – bolaligidan borliğini senga baxşida etgan, özing ham tanimaydigan farzanding onasi bölgan ayolga pul tiqiştirding...»

Bir örinda qahramoningiz keyingi taqdirini (öquvçi uçun heç kutilmagan tarzda) quyidagiça bayon qiladi:

«Özimni sotdim. Fohişa yoki köça qizi bölganim yöq, lekin özimni sotdim.

Buni sen uçun, bolam uçun qildim...