Avstraliyalik olimlar guruhi is gazi CO2’ni xona harorati şaroitida kömirga aylantira olişdi. Bu ixtiro issiqxona effekti va global isişga qarşi kuraşda yordam berişi kutilmoqda. Bu haqda Eurekalert naşri xabar berdi.  

Melburndagi RMIT universitetining tadqiqot guruhi is gazini uglerodning qattiq bölaklariga samarali aylantira oladigan yangi usulni işlab çiqdi.

Tadqiqot atmosferadan is gazini xavfsiz va muntazam yöqotişning muqobil yölini taklif qilmoqda.

Avval is gazini qattiq jismga aylantiriş yuqori haroratlarni talab qilgan va iqtisodiy tomondan benaf bölgan.

Uglerodni uşlaş va saqlaş böyiça zamonaviy texnologiyalar is gazini suyuq şaklgaça siqib, uni mos joyga yetkaziş va yer ostiga yuborişga qaratilgan.

RMIT tadqiqotçisi Torben Dayenekening aytişiça, is gazini qattiq jismga aylantiriş ança muvaffaqiyatli yondaşuv bölişi mumkin.

Olimlar hali qöşimça tadqiqotlar ötkazişlari kerak, biroq yangi usul uglerodni saqlaşning işonçli usulini olişda va istiqbolda sayyoramizni global falokatdan qutqarişdagi ilk muhim qadamdir.