O‘zbekiston - AQSh siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tdi
Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekiston-AQSh siyosiy maslahatlashuvlarining yettinchi raundida ishtirok etdi.
TIV xabariga ko‘ra, Amerika Qo‘shma Shtatlari delegatsiyasiga AQSh davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo‘yicha yordamchisi vazifasini bajaruvchi, elchi Elis Uells rahbarlik qildi.
Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Shuningdek, ba'zi xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Maslahatlashuvlarning so‘nggi raundidan keyingi davr mobaynida ikki tomonlama munosabatlar rivojlanishning yangi bosqichiga ko‘tarilgani qayd etildi. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2018 yil may oyidagi AQShga rasmiy tashrifi va uning muvaffaqiyatli yakunlari mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarda yangi sahifa ochdi.
Tashrif doirasida 4,8 milliard dollar qiymatidagi ikki tomonlama hujjatlarning imzolanishi va amalga oshirilishining boshlanishi, o‘tgan yilning kuzida «O‘zbekistonda Amerika biznesi haftaligi» va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkazilishi savdo-iqtisodiy, investitsion va texnologik imkoniyatlarni rivojlantirish uchun salmoqli salohiyat mavjudligini tasdiqladi.
Shu kunning o‘zida «Siyosat», «Xavfsizlik», «Iqtisodiyot va savdo», «Insoniy mezonlar» kichik guruhlari majlislari bo‘lib o‘tdi, ushbu tadbirlarda ikki tomonlama munosabatlarning aniq masalalari ko‘rib chiqildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
21:05 / 24.12.2024
Iroq AQSh qo‘shinlarini o‘z hududida qoldirishga tayyor - OAV
19:49 / 24.12.2024
American Airlines aviakompaniyasi AQShga barcha reyslarni to‘xtatdi
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
17:05 / 24.12.2024