«Özbekiston temir yöllari» kompaniyasi Navröz bayrami nişonlanadigan 21—24 mart kunlari içki reyslarga çegirmalar joriy etilişini e'lon qildi.

Çegirmalardan quyidagilar foydalanişi mumkin:

  • pensionerlar, nogironlar, 1941—1945 yillardagi uruş qatnaşçilari va ularga tenglaştirilgan şaxslar — 50 foiz çegirma;
  • maktab öquvçilari, kollej, litsey va OTMlar talabalari, IIV, Mudofaa vazirligi, DXX, Davlat soliq qömitasi, Davlat bojxona qömitasi va boşqa mahkamalar tizimidagi maxsus ta'lim muassasalari öquvçilari va tinglovçilari (guvohnomalar taqdim etilganda) — 15 foiz;
  • oilalar (ikki kişidan — er va xotin, er, xotin va ularning 18 yoşgaça bolalari; 18 yoşgaça farzandi bilan ota yoki ona, nikoh töğrisidagi guvohnoma taqdim etilganda) — 15 foiz;
  • jamoalar (tört va undan ortiq kişi) — 15 foiz.

Qöşimça qilinişiça, «Afrosiyob» tezyurar elektropoyezdlarining barça toifadagi yölovçilariga 10 foizlik çegirmalar taqdim etiladi.

Bundan avvalroq Navröz bayrami munosabati bilan Uzbekistan Airways aviakompaniyasi ham içki reyslarga çegirmalar e'lon qilgani haqida xabar berilgan edi. Şuningdek, «Özbekiston temir yöllari» xalqaro yönalişlar uçun ham çegirmalar e'lon qilgan.

Bayram munosabati bilan özbekistonliklar ketma-ket tört kun dam olişi kutilmoqda.

Eslatib ötamiz, «Özbekiston temir yöllari» 1 martdan boşlab «Afrosiyob» tezyurar poyezdlaridan taşqari barça mahalliy yönalişda qatnovçi yölovçi poyezd çiptalari narxini 20 foizga oşirişini e'lon qilgandi.