Uzbekistan Airways aviakompaniyasi Navröz bayrami nişonlanadigan 21—24 mart kunlarida içki reyslarga çegirmalar e'lon qildi. Aviakompaniya matbuot xizmati xabar berişiça, bayram çegirmalari quyidagi şaxslarga taqdim etiladi:

— yakka şaxslarga — 30 foiz;

— sayyohlar guruhi (beş kişidan ortiq), maktab öquvçilari, kollej, litsey va OTMlar talabalari, IIV, Mudofaa vazirligi, DXX, Davlat soliq qömitasi, Davlat bojxona qömitasi va boşqa mahkamalar tizimidagi maxsus ta'lim muassasalari öquvçilari va tinglovçilari — 40 foiz;

— oilalar (ikki kişidan — er va xotin, er, xotin va ularning 18 yoşgaça bölgan farzandlari; 18 yoşgaça farzandi bilan ota yoki ona) — 50 foiz;

— nafaqaxörlar va nogironligi bölgan şaxslar — 50 foiz;

— 1941−1945 yillardagi uruş qatnaşçilari va ularga tenglaştirilganlar, şuningdek Ikkinçi jahon uruşi yillari orden va medallar bilan mukofotlangan şaxslar — 50 foiz;

— Çernobil AES fojiasi oqibatlarini bartaraf etişda iştirok etganlar — 50 foiz.

«Çegirmalar körsatilgan muddat kunlari barça mahalliy qatnovlarda amal qiladi. Çegirmali aviaçiptalarni rasmiylaştiriş çegirmalarni oliş huquqini beruvçi tegişli hujjatlarni taqdim etgan holda «Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasining rasmiy ofislarida amalga oşirilmoqda», deyilgan xabarda.

Eslatib ötamiz, prezident Şavkat Mirziyoyev 2018 yilning 12 noyabrida «2019 yilda rasmiy sanalarni nişonlaş davrida qöşimça işlanmaydigan kunlarni belgilaş va dam oliş kunlarini köçiriş töğrisida»gi farmonni imzolagan edi.

Unga köra, özbekistonliklar Navröz bayramida ketma-ket tört kun: 21 mart — bayram munosabati bilan işlanmaydigan kun, 22 mart — qöşimça işlanmaydigan kun, 23 va 24 mart — taqvim böyiça dam oliş kunlarida dam oladi.

«Özbekiston havo yöllari» Milliy aviakompaniyasi 2018 yilning 30 dekabridan 2019 yil 3 yanvarigaça ham Yangi yil bayrami munosabati bilan barça içki reyslar uçun çegirmalar e'lon qilgandi.