Uzoq masofalarda harakatlanuvçi poyezdlarda yölovçilarga qöşimça qulayliklar yaratiş maqsadida çegirma va imtiyozlar joriy etildi.

«Özbekiston temir yöllari» matbuot xizmati xabar berişiça, yölovçilar Rossiya, Qozoğiston va Qirğiziston hududlaridan ötadigan xalqaro yönalişdagi poyezdlarda mazkur çegirmalardan foydalanişi mumkin.

Muddatidan oldin çiptani xarid qiliş vaqti böyiça quyidagilar belgilanadi:

- çipta poyezdning jönaş kunidan 45—41 kun oldin xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uçun 55 foiz;

-  çipta poyezdning jönaş kunidan 40—31 kun oraliğida xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uçun 45 foiz;

-  çipta poyezdning jönaş kunidan 30—6 kun oldin xarid qilinsa, SV va kupe vagonlar uçun 35 foiz

- çipta poyezdning jönaş kunidan 45—41 kun oldin xarid qilinsa, platskart  vagonlar uçun 45 foiz;

- çipta poyezdning jönaş kunidan 40—31 kun oraliğida xarid qilinsa, platskart vagonlar uçun 35 foiz;

- çipta poyezdning jönaş kunidan 30—6 kun oraliğida xarid qilinsa, platskart vagonlar uçun 25 foiz.

Poyezd jönaşiga qança kam vaqt qolişiga qarab çegirmalar ham kamayib boradi. Beş kun qolganda esa çiptalar belgilangan narxda sotiladi. Belgilangan çegirmalar mahalliy yönalişlarda joriy etilmaydi.

Yuqoridagi imtiyozlar, çegirmalar «Özbekiston temir yöllari» AJ, «Qazakstan temir jöli milliy kompaniyasi» AJ, «Rossiya temir yöllari» OAJ temir yöli ma'muriyati bilan hamkorlikda amalga oşiriladi.

Hozirda yölovçi poyezdlari Toşkent—Moskva, Andijon—Moskva, Toşkent—Qozon, Toşkent—Urganç—Volgagrad, Toşkent—Urganç—Moskva, Toşkent—Urganç—Saratov, Toşkent—Novosibirsk, Toşkent—Ufa, Toşkent—Çelyabinsk, Toşkent—Olmaota, Nukus—Beyneu hamda Nukus—Olmaota yönalişlarida qatnamoqda. Şuningdek, Toşkent—Bişkek—Baliqçi, Samarqand—Ostona mavsumiy yönalişlari ham mavjud. Bundan taşqari aksiyadorlik jamiyati tomonidan xalqaro kelişuv asosida Özbekiston hududidan ötuvçi Kulob—Moskva, Duşanbe—Moskva va Xöjand—Moskva yönalişlarida qatnayotgan yölovçi poyezdlariga ham xizmat körsatiladi.

Eslatib ötamiz, «Özbekiston temir yöllari» 1 martdan boşlab Afrosiyob tezyurar poyezdlaridan taşqari barça mahalliy yönalişda qatnovçi yölovçi poyezd çiptalari narxini 20 foizga oşirişini