Yuridik va jismoniy şaxslar fuqarolarning reproduktiv huquqlarini amalga oşirişi bilan boğliq axborotni sir saqlaşi şart, deb belgilab qöyilmoqda. Bu haqda senator Zayniddin Nizomxöjayev «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlaş töğrisida»gi qonunga munosabat bildirib, şunday degan.
Nizomxöjayevning aytişiça, aholi reproduktiv salomatligini yaxşilaşning asosiy ğoyasi erkak va ayollar bepuştligining oldini oliş va davolaş tizimini qonunçilik bazasini mustahkamlaşdan iboratdir.
«Fuqarolar öz reproduktiv salomatligini saqlaşda özining reproduktiv salomatligi töğrisida işonçli va töliq axborot oliş, tuğilişni tartibga solişning xavfsiz usullaridan va kontratsepsiyadan foydalaniş, yordamçi reproduktiv texnologiyalardan foydalaniş kabi qator huquqlarga ega.
Şu örinda alohida ta'kidlaş joizki, yuridik va jismoniy şaxslar fuqarolarning reproduktiv huquqlarini amalga oşirişi bilan boğliq axborotni sir saqlaşi şart deb belgilab qöyilmoqda.
Şuningdek, Qonunda ayollarning reproduktiv salomatligini saqlaş va ona böliş huquqi, erkaklarning hamda voyaga yetmagan şaxslarning reproduktiv salomatligini saqlaş masalalari batafsil oçib berilgan», - deydi u.
Qonunga köra, ayolni homiladorlikka, uni sun'iy ravişda töxtatişga va kontratsepsiyaga majbur qiliş mumkin emas. Erkaklarga va voyaga yetmagan şaxslarga ularning reproduktiv salomatligini saqlaş sohasida axborot beriş anonim tarzda va maxfiy amalga oşiriladi.
Qonunda EKO, ya'ni sun'iy ekstrakorporal uruğlantiriş masalasiga alohida urğu berilgan. Senat yiğilişida ma'ruza qilgan senatorning aytişiça, EKO faqat rasmiy nikohda yaşayotgan er-xotin uçun ruxsat berilişi nazarda tutilmoqda.











