28 fevral kuni öz işini boşlagan Senatning yalpi majlis yiğilişida «Fuqarolarning reproduktiv salomatligini saqlaş töğrisida»gi Özbekiston qonunini ma'qullandi.
Yalpi majlisda iştirok etayotgan Kun.uz muxbirining xabar berişiça, aholi reproduktiv salomatligini yaxşilaşning asosiy ğoyasi erkaklar va ayollar bepuştligining oldini oliş va davolaş tizimini qonunçilik darajasida mustahkamlaşdan iborat.
Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligining bildirişiça, oxirgi yillarda ajralişlarning 4,7 foizi juftliklar bepuştligi oqibatida röy bergan.
Özbekistonda ötkazilgan turli tadqiqotlar natijalariga köra, birlamçi bepuştlikka çalingan ayollar barça turmuş qurganlarning umumiy soniga nisbatan 4,9 foizdan 5,3 foizgaça taşkil etadi. Bu raqamlar Özbekistonda oilalarni saqlaş maqsadida yordamçi reproduktiv texnologiyalarni joriy etişning muhimligi va zarurligini yaqqol körsatadi.
Qonunda EKO, ya'ni sun'iy ekstrakorporal uruğlantiriş masalasiga alohida urğu berilgan. Senat yiğilişida ma'ruza qilgan senatorning aytişiça, EKO faqat rasmiy nikohda yaşayotgan er-xotin uçun ruxsat berilişi nazarda tutilmoqda.
Ma'lum qilinişiça, yuridik va jismoniy şaxslar fuqarolarning reproduktiv huquqlarini amalga oşirişi bilan boğliq axborotni sir saqlaşi şart, deb belgilab qöyilmoqda.
«Fuqarolar öz reproduktiv salomatligini saqlaşda özining reproduktiv salomatligi töğrisida işonçli va töliq axborot oliş, tuğilişni tartibga solişning xavfsiz usullaridan va kontratsepsiyadan foydalaniş, yordamçi reproduktiv texnologiyalardan foydalaniş kabi qator huquqlarga ega.
Şu örinda alohida ta'kidlaş joizki, yuridik va jismoniy şaxslar fuqarolarning reproduktiv huquqlarini amalga oşirişi bilan boğliq axborotni sir saqlaşi şart deb belgilab qöyilmoqda.
Şuningdek, Qonunda ayollarning reproduktiv salomatligini saqlaş va ona böliş huquqi, erkaklarning hamda voyaga yetmagan şaxslarning reproduktiv salomatligini saqlaş masalalari batafsil oçib berilgan», - deydi senator Zayniddin Nizomxöjayev.
Qonun senatorlar tomonidan ma'qullandi.











