Şimoliy Koreya tomoni Yonbendagi yadro obektini yöq qiliş evaziga barça sanksiyalar bekor qilinişini istadi, ammo AQŞni bu holat qanoatlantirmadi, dedi AQŞ prezidenti Donald Tramp Xanoyda bölib ötgan KXDR-AQŞ sammiti yakunlariga bağişlangan matbuot anjumanida.

"Ular barça sanksiyalar bekor qilinişini istaşdi, biz rad etdik. Ular Yonbendagi yadro obektini yöq qiliş evaziga biz barça sanksiyalarni olib taşlaşimizni istaşdi, ammo bizni bu qanoatlantirmaydi", - dedi Tramp.

AQŞ prezidenti "AQŞ va Şimoliy Koreya örtasidagi jarlikni bartaraf etiş uçun vaqt kerakligini" aytdi hamda ötgan yilgi birinçi uçraşuvdan buyon uning va Kim Çen Inning qaraşlari "ança yaqinlaşganini" ta'kidladi.

Tramp KXDRdan sanksiyalarni olib taşlaşni va uşbu mamlakat iqtisodiy salohiyatining amalga oşişiga guvoh bölişni xohlaşini bildirdi.

Vetnam poytaxti Xanoyda bölib ötgan ikki davlat rahbarlari uçraşuvida KXDR yetakçisi Kim Çen In yadrosizlanişni amalga oşirişga tayyor ekanini yana bir marotaba tasdiqladi.

“Agar men buni xohlamaganimda, bu yerga kelmagan ham bölardim”, - dedi u amerikalik jurnalistning savoliga javob qaytarib.

Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders sözlariga köra, tomonlar yadrosizlanişning turli variantlarini muhokama qilişgan, ammo hozirça ular kelişuvga erişa olmaganlar. Şu bilan birga, yetakçilar kelajakda uçraşiş niyatida ekanini bildirgan.