AQŞ va KXDR yetakçilari Donald Tramp hamda Kim Çen In Xanoydagi sammitni jadval böyiça rejalaştirilgan qöşma tuşlik va matbuot uçun bayonotsiz tark etişdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Yetakçilarning kortejlari sammit ötkazilgan joy - Xanoydagi «Metropol» mehmonxonasidan çiqib ketgan.
28 fevral kuni bölib ötgan sammitning ikkinçi, asosiy kuni Tramp va Kim Çen In qöşma hujjatni imzolaşi kerak edi.
Biroq, jurnalistlarga sabablarini tuşuntirmagan holda, uçraşuv 2 soatga qisqartirilgani haqida xabar berildi.
Amerika prezidenti Donald Tramp va KXDR rahbari Kim Çen In ikkinçi sammit yakunlari böyiça kelişuvga erişmadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar qilmoqda.
Oq uy matbuot kotibi Sara Sanders sözlariga köra, tomonlar yadrosizlanişning turli variantlarini muhokama qilişgan, ammo hozirça ular kelişuvga erişa olmaganlar. Şu bilan birga, yetakçilar kelajakda uçraşiş niyatida ekanini bildirişdi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Kim Çen In yadrosizlanişni amalga oşirişga tayyor ekanini tasdiqlagandi.

















