Yaponiya taşqi işlar vaziri Taro Kononing ma'lum qilişiça, Tokio Hindiston va Pokistonni hozirgi mojaroga muloqot yöli bilan yeçim topişga çaqiradi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
«Yaponiya Kaşmirdagi vaziyat keskinlaşib ketganidan xavotirga tuşmoqda», - dedi Kono.
Şuningdek, uning qöşimça qilişiça, Tokio Islomobodni terrorçilarga qarşi qat'iy çoralar körişga çaqiradi.
Kononing qayd etişiça, Yaponiya har ikki tomonni ham vazmin bölişga çaqiradi.
Eslatib ötamiz, avvalroq Pokiston va Hindiston yana bir-biriga öt oçgandi.













