Pokiston Hindiston şimolidagi Jammu va Kaşmir ştatidagi aholi punktlarini öqqa tutdi. Bu haqda TASS mahalliy OAVga tayangan holda xabar bermoqda.

Aniqlik kiritilişiça, voqea Punç okrugida mahalliy vaqt bilan soat taxminan 06:00da (Toşkent vaqti bilan 05:30) sodir bölgan. Hindiston qöşinlari zarbani qaytarişgan.

Bundan oldin, mamlakatlar havo hududidagi jangovar töqnaşuvlar haqida xabar berilgan edi. 26 fevral ertalab Hindiston harbiy-havo kuçlari Kaşmirning Pokiston qismidagi “Jayişi Muhammad” guruhining yirik maşğulot lageriga zarbalar berdi. Havo hujumi oqibatida köplab jangarilar, ularga tegişli transport, qurol va öq-dori yöq qilingan. Hindiston taşqi işlar vaziri birinçi örinbosari Vijay Gokxale bu zarba zarur bölgani, çunki guruh Hindistonning turli hududlariga xudkuşlar iştirokida hujumlar tayyorlayotganini aytgan.

Eslatib ötamiz, avvalroq Pokiston Hindistonning ikkita harbiy samolyotini urib tuşirgandi.

Şundan söng, Hindiston javob qaytarib, Pokistonning qiruvçi samolyotini urib tuşirdi.

AQŞ va Xitoy Hindiston hamda Pokistonga çaqiriq bilan çiqdi