Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonun loyihasi joylashtirildi.
Hujjat bilan O‘zbekiston Respublikasining 1994 yil 22 sentyabrda qabul qilingan 2015–XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilishi mumkin:
61-moddaning (Oz miqdorda talon-toroj qilish) matni quyidagi mazmunda bayon etiladi:
«O‘zgalar mol-mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish, rastrata qilish, mansab lavozimini suiiste'mol qilish yoki firibgarlik yo‘li bilan oz miqdorda talon-toroj qilish –
eng kam ish haqining besh baravaridan o‘n baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Xuddi shunday huquqbuzarlik ma'muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa –
eng kam ish haqining o‘n baravaridan o‘n besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Basharti jismoniy shaxslarning talon-toroj qilingan mulki qiymati eng kam ish haqining bir baravaridan, shuningdek korxona muassasa, tashkilotlarning talon-toroj qilingan mulki qiymati eng kam ish haqining o‘ttiz baravaridan oshmasa, bunday talon-toroj oz miqdordagi talon-toroj qilish deb hisoblanadi.
Jismoniy shaxslarga nisbatan sodir etilgan oz miqdordagi talon-toroj qilish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar tarkibida xavfli retsidivist tomonidan, bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib, mansab mavqeini suiiste'mol qilish yo‘li bilan, uyushgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini ko‘zlab, kompyuter texnikasi vositalaridan foydalanib, o‘ta xavfli retsidivist tomonidan, jabrlanuvchining kiyimi, sumkasi yoki boshqa qo‘l yukidagi ashyoga nisbatan (kissavurlik), uy-joy, omborxona yoki boshqa xonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib sodir etish alomatlari mavjud bo‘lmagan holatlarda qo‘llaniladi».
61-2-moddaning (Mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) to‘rtinchi qismi chiqarib tashlanadi.
quyidagi mazmundagi 270-1-modda bilan to‘ldiriladi:
«270-1-modda. Jabrlanuvchining shikoyatiga asosan ma'muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish
















