Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Namangan viloyatini kompleks rivojlantirish uchun 2,8 milliard dollarlik Dastur ishlab chiqildi
Namangan viloyatini kompleks rivojlantirish uchun 2,8 milliard dollarlik Dastur ishlab chiqildi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 mart kuni Namangan viloyati faollari ishtirokida bo‘lgan yig‘ilishda aytib o‘tdi.
Mazkur dasturga asosan, Namangan viloyatida 2019-2020 yillarda umumiy qiymati 2,8 milliard dollar bo‘lgan 1 ming 400 dan ortiq investitsiya loyihasi amalga oshirilishi belgilangan.
Davlat rahbari ushbu loyihalar 39 mingta doimiy ish o‘rni yaratish, 1,1 milliard dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiya jalb qilish va o‘zlashtirishni ta'minlashini alohida ta'kidladi.
Shuningdek, viloyatda «Har bir oila - tadbirkor» dasturini amalga oshirish uchun 1 trillion so‘m ajratilishi ma'lum qilindi. Bu mablag‘lar hisobiga viloyatda oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashning yangicha tizimi joriy etiladi.
Namangan viloyatidagi tuman markazlarini obod maskanlarga aylantirish maqsadida har bir tumanga 20-25 milliard so‘mdan, «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlariga kiritilgan qishloqlar va mahallalarga qo‘shimcha ravishda 2 milliard so‘mdan ajratilishi ta'kidlandi.
Mavzuga oid
20:20 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan xalqaro gullar festivalining mehmoni bo‘ldi
17:48 / 23.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatini rivojlantirish bo‘yicha muhim topshiriqlar berdi
14:38 / 23.06.2026
Namanganda sun’iy intellekt sohasidagi loyihalar taqdim etildi
13:53 / 23.06.2026