Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda Kadastr kodeksini qabul qilish taklif etildi
“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida O‘zbekiston Respublikasining Kadastr kodeksini qabul qilish haqida petitsiya paydo bo‘ldi.
Qayd etilishicha, mamlakatda kadastrga doir munosabatlarni tartibga soluvchi ko‘plab qonun hujjatlari mavjud.
“Mazkur hujjatlarning ko‘pchiligi asosan havolaki normalardan iborat bo‘lib, mazkur soha asosan qonunosti hujjatlari bilan tartibga solingan”, - deb yozadi petitsiya muallifi.
“Shu sababli mazkur sohadagi qonun hujjatlarini tizimlashtirish, uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishlovchi normalar bilan tartibga solish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Kadastr kodeksini qabul qilishni taklif qilaman”, - deyiladi murojaatda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda o‘rindiqsiz avtobuslardan foydalanish taklif qilingandi.
Mavzuga oid
08:40 / 01.07.2026
Gaz ta’minoti va kadastr tizimida korrupsion jinoyatlar aniqlandi
21:24 / 27.06.2026
Namanganda 381 ming dollarga 50 sotix yerni rasmiylashtirib berishni va’da qilganlar ushlandi
18:05 / 07.06.2026
Murojaatlarni ko‘rib chiqish muddatlari buzgan 19 nafar xodim ishdan olindi
19:31 / 04.06.2026