Afğoniston janubidagi Gilmand viloyatida joylaşgan harbiy bazaga jangarilar hujumi oqibatida xavfsizlik kuçlarining kamida 40 xodimi halok böldi. Bu haqda 215-armiya korpusi “Mayvand” vakillariga iqtibos keltirgan holda TOLO News telekanali ma'lum qildi.
Ta'kidlanişiça, hujum qaytarilgan. Xavfsizlik kuçlari 20 jangarini yöq qilişga muvaffaq bölgan.
Avvalroq telekanal bir guruh jangarilar harbiy bazaga hujum qilganini ma'lum qilgan. Hujum 1 mart kuni erta tongda boşlangan. Hujumda kamida 27 jangari, jumladan 7 xudkuş iştirok etgan. “Pajvak” axborot agentligi ma'lumotlariga köra, hujumni “Tolibon” jangarilari amalga oşirgan.

















