2019 yil 28 fevral kuni Sirdaryo viloyatining Xovos tumanida yashagan Sh.M.ning uyi hovlisida joylashgan omborxonasida yong‘in sodir bo‘lgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida yong‘in o‘chirilgan, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Oqibatda omborxonaning 30 kv.m maydonida ichki va tom qismlari yonib zarar ko‘rgan. Shuningdek, yong‘in o‘chirish vaqtida Sh.M.ning jasadi topilgan.
Yong‘in kelib chiqish sabablari o‘rganilmoqda, deyiladi xabarda.










