Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya 2023 yilda o‘zi ishlab chiqargan birinchi qiruvchi samolyotni namoyish etmoqchi
Turkiya 2023 yilda o‘zi ishlab chiqargan birinchi qiruvchi samolyotni namoyish etish, 2026 yilda esa birinchi sinov parvozini amalga oshirishni mo‘ljallamoqda. Bu haqda mamlakat vitse-prezidenti Fuat O‘qtay ma'lum qildi.
"Birinchi turk qiruvchisining taqdimoti 2023 yilda o‘tkaziladi. Uni 2026 yilda samoda ko‘rishimiz mumkin. 2031 yilda ular Turkiya qurolli kuchlariga topshiriladi", - deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Anadolu agentligi.
Birinchi qiruvchi samolyot namunasini ishlab chiqish rejasi haqida ilk bor 2017 yil noyabrda Turkiyaning sobiq milliy mudofaa vaziri Nurettin Janikli ma'lum qilgandi. O‘shanda u loyihani amalga oshirishda bir nechta davlat ishtirok etayotganini, ammo Turkiya oxir-oqibat biror kompaniya yoki davlatga qaram bo‘lib qolmaslik uchun o‘z yo‘lidan borayotganini aytgandi.
Mavzuga oid
16:20 / 26.05.2026
O‘lim to‘shagida ochilgan sir: turk tadbirkorining Shveytsariya bankiga qarshi moliyaviy urushi
13:52 / 26.05.2026
Buvisi muntazam tazyiq o‘tkazib kelgan 3 nafar bola Turkiyadan vatanga qaytarildi
18:34 / 25.05.2026
Turkiya O‘zbekistonga Qurolli kuchlarni isloh qilishda ko‘maklashadi
11:16 / 25.05.2026