O‘zbekiston | 08:52 / 02.03.2019
4433
2 daqiqa o‘qiladi

Vladivostokda O‘zbekistonning bosh konsulxonasi rasman ochildi

Foto: primorsky.ru

2019 yilning 1 mart kuni O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi (Rossiya) bosh konsulxonasining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir chog‘ida diplomatik vakolatxona joylashgan bino oldida mamlakatimiz bayrog‘i ko‘tarildi.

Foto: primorsky.ru

TIV xabariga ko‘ra, marosimda Primore o‘lkasi vitse-gubernatori Konstantin Bogdanenko ishtirok etdi. U bilan savdo-iqtisodiy, turizm va boshqa sohalarda O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirish masalalarida muzokaralar o‘tkazildi.

Shu kunning o‘zida Primore o‘lkasi ma'muriyati/administratsiyasi binosida bosh konsulxonaning rasmiy ochilish tadbirlarida ishtirok etgan ishbilarmon doiralar va sayyohlik kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Ularga mamlakatning savdo-iqtisodiy va turistik salohiyati haqida ma'lumot berildi.

O‘zbekiston Respublikasining bosh konsulxonasi manzili: 690003, Vladivostok shahri, Verxneportovaya ko‘chasi, 46-uy, telefon raqami +7-423-260-48-00.

Ish vaqti: dushanba, chorshanba, juma kunlari soat 10:00 dan 17:00 gacha.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Rostov-Don, Oqtov, Guanchjou va O‘shda konsulxonalar ochishi xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid