"Tolibon" harakati a'zolarining Afğoniston şimoli-şarqidagi Tohar viloyati Yangi-qal'a tumanidagi bozorga hujum qilişlari oqibatida uç kişi halok böldi. Bu haqda mahalliy hokimiyat vakillariga tayanib "Sinxua" agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma'lumotlariga köra, toliblar ertalab tuman markazidagi bozorga hujum qilişgan. Hujum xavfsizlik kuçlari tomonidan qaytarilgan.
Xabar berilişiça, yetti kişi jarohatlangan.
1 mart kuni Afğoniston janubidagi Gilmand viloyatida joylaşgan harbiy bazaga jangarilar hujumi oqibatida xavfsizlik kuçlarining kamida 40 xodimi halok bölgandi.

















