Guaydo Venesuela hukumatini oxirgi xato haqida ogohlantirdi
Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydoning ma'lum qilishicha, o‘zi hibsga olinishi hozirgi hukumatning «so‘nggi xatolaridan biri» bo‘ladi. Bu haqda u Periscope’ga aytib berdi, deb xabar qilmoqda TASS.
Respublika tashqarisida bo‘la turib, u 4 mart kuni mamlakatga qaytish to‘g‘risida va'da qildi. Uning bildirishicha, agar qaytib kelganida qo‘lga olinsa, unda Venesuelada aholini safarbar etish boshlanadi. Bundan tashqari, u «xalqaro ittifoqchilarda bor bo‘lgan aniq yo‘riqlar» haqida aytib o‘tdi.
O‘z navbatida, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi Jon Bolton muxolifatchi Xuan Guaydo Venesuelaga qaytishiga to‘sqinlik qilishga oid har qanday harakatlarga qattiq javob berilishi bilan ogohlantirdi.
«Uning xavfsiz qaytishiga qarshi qaratilgan har qanday tahdidlar yoki harakatlar Qo‘shma Shtatlar va xalqaro hamjamiyat tomonidan qat'iy hamda jiddiy javob bilan kutib olinadi», - dedi Bolton.
Bundan oldin, AQSh va Venesuela BMTda Guaydo bo‘yicha bahslashib ketgandi.
Mavzuga oid
20:37 / 24.10.2024
Saxarov mukofoti Venesuela demokratik harakati yetakchilariga berildi
21:35 / 15.10.2024
Maduro Ilon Maskni Venesuelada davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
19:56 / 13.10.2024
Venesuela hukumati jurnalistlarning xorijga chiqish pasportlarini tortib olayotgani ma’lum bo‘ldi
23:16 / 19.09.2024