Taniqli kinorejissyor Rustam Sa'diyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda «Baron-2» filmini tasvirga oliş jarayoni haqida gapirib ötdi.

Rustam Sa'diyev «Baron-2» filmidagi aktyorlarning yulduzli jamoasiga töxtalib ötarkan, filmda ispaniyalik taniqli aktrisa Mariya Valverde ham iştirok etişga rozi bölgani, filmning geografik qamrovi haqida aytib ötdi.

Mariya Valverde

«Filmning ikkinçi qismida özbek qizining rolini ijro etiş uçun San'at institutidan ham vakillar bor edi, lekin psixologik jihatdan murakkab rol bölgani tufayli avvaliga bu rolda ispaniyalik aktrisa Mariya Valverdeni sinab körmoqçi bölgandik. Aktrisa bilan muzokaralar olib bordik, u rozi ham bölgandi. Mariyaning şarti böyiça u iştirok etadigan sahnalarni Ispaniya yoki Portugaliyada olişimiz kerak edi. Keyinroq men buning imkoni yöqligini aytdim.

Rol taqdiriga keladigan bölsak, uni Yulduz Rajabova ijro etadi. Mahorat bobida uning jahonga maşhur aktrisalardan kam joyi yöq. «Baron-2» filmi Turkiya, Rossiya, Qozoğiston, Yevropa va arab davlatlarida ekranlarga çiqadi, dunyo tanigan aktyorlar bilan birga işlaşdan söng bizning aktyor va aktrisalarimizga ham talab kuçayadi deb öylayman», deydi rejissyor.

U şuningdek taniqli turk aktyori Kaan Urganjiöğlining qanday qilib loyihada qatnaşişga rozi bölgani töğrisida sözladi.

«Kaanga men bergan rol yoqdi. Dastlab unga umuman boşqa rol berilgandi. U esa ssenariydagi boşqa rolni tanladi va şu rolni berişni söradi. Töğri, u katta miqdordagi gonorarga işlaydi, lekin biz unga odatdagi miqdorda gonorar bera olmasligimizni aytdik.

U özining şaxsiy qadriyatlari va global muammoga qarşi kuraş ahamiyatini anglab, rozilik bildirdi. Kaanning gonorari özbek aktyorlarinikiga nisbatan biroz köproqligini inkor qilmayman, lekin bu mablağ juda olamşumul miqdorda emas.

Şuningdek, «Baron»ning ikkinçi qismi uçun homiylarimiz ham yetarliça. Filmda öz mahsulotining «product-placement»ini amalga oşirayotgan homiylarimiz ham yöq emas. Ham davlat, ham homiylarning mablağlari evaziga taniqli «cast»ga ega şunday jiddiy loyihaga qöl urdik.

Mening kasting-direktorim yöq, tanlagan aktyorlarim bilan özim muzokaraga çiqaman va rolning ahamiyatini tuşuntirişga harakat qilaman», deydi rejissyor.