Taniqli kinorejissyor Rustam Sa'diyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda özi işlagan filmlarning kinoqaroqçilar qöliga tuşib qolişiga nisbatan munosabatini bildirib ötdi.

«Ijodkor sifatida filmim kimningdir qöliga tuşib qolişiga salbiy qarayman. Filmni kimdir körgisi kelib qoladi, şunga öxşaş vaziyatlar böladi, bunda özimiz xohlamagan holda filmni taqdim etişga majbur bölamiz. «Baron-2» hamkorlikdagi film bölgani uçun endi uni kimgadir berib yuborişga ham haqqimiz yöq.

Kim körgisi kelsa, kinoteatrda yoki «Özbekfilm»ning maxsus zallarida körişi mumkin, xolos. Endi bu jihatdan ziyrakroq bölamiz degan umiddaman. Biz tomoşabinni tarbiyalaşimiz, ularga mualliflik huquqi tuşunçasi, jamoaning peşona teri qadrini singdira olişimiz kerak. Bizning tomoşabinlar öğri, muttaham emas aslida. Şundagina tomoşabinlarimiz kinoijodkorlarni qöllab-quvvatlaydi, öz örnida bunday rağbat yaxşi kinolar yaratilişi uçun ham zamin bölib xizmat qiladi. Men bunga işonaman va özbek tomoşabinlari, «Baron»ning mard muxlislaridan – yigitlarimizdan şunday halol munosabat kutib qolaman.

Eslatib ötamiz, «Baron» filmining birinçi qismi 2016 yilda tomoşabin e'tiboriga havola etilgan bölib, film özbek kinosida qator rekordlarni yangilagan va köpçilik tomoşabinlar orasida özbek kinosan'atida turğunlik davri tugaganiga umid uyğotgandi.

Rustam Sa'diyev «Baron» filmining birinçi qismi premerasidan söng «qaroqçilar» töğrisida şunday degandi: «Hozirda «Malika», «Abu Saxiy» bozorlarida ötirib, filmni yozib berayotganlarning röyxati bor. Agarda tomoşabinlar «Baron»ning davomi suratga olinişini istaşsa, kino ijodkorlariga bölgan hurmatini körsatib, uni kino zallarida tomoşa qilişlari kerak. Bunga muxlislarning kino ijodkorlarga bölgan hurmat va minnatdorçiligi, deb qaraladi». 

Rustam Sa'diyev bilan suhbatning töliq şaklini Kun.uz’ning YouTube va Mover’dagi sahifalarida tomoşa qilişingiz mumkin.

Video: Mover (tas-ix)