Jyeneva avtosaloni boşlanişi arafasida Yevropaning yil avtomobili tanlovi ğolibi e'lon qilindi. Unga köra, Jaguar I-Pace elektr krossoveri yil avtomobili deb topildi. Britan markasi modeli ilk bor bunday yuqori nomni oldi.
Eng yaxşi maşina 23 ta davlatdan 60 jurnalistdan taşkil topgan hakamlar hay'ati ovoz berişiga köra aniqlangan. Tanlovning yarim asrlik tarixida ilk bor ğolib 2-turdan keyingina aniqlangan, çunki Jaguar I-Pace va Alpine A110 bir xil oçko (250 balldan) töplaşgan. Qöşimça bosqiçda köpçilik iştirokçilar Jaguar I-Pace’ga ovoz berişgan.
Maşina umumiy hisobda 400 ot kuçi beruvçi ikkita elektr dvigatel bilan jihozlangan bölib, joyidan 100 km/soat tezlikka 4,8 soniyada erişa oladi va maksimal tezligi 200 km/soat qilib çeklangan. Motorlar 90 kVt-soatlik litiy batareyalardan quvvatlanadi. Maşina bir quvvatlaniş bilan 470 km yöl bosa oladi.

Tanlovning qolgan iştirokçilariga kelsak, 3-örinni 3-avloddagi Kia Ceed xetçbegi, 4-örinni Ford Focus egallagan. Keyingi örinlarni Citroen C5 Aircross va Peugeot 508 fransuz modellari hamda Mercedes-Benz A-Class egallagan.
2018 yilda Yevropada Volvo XC40 krossoveri yil avtomobili deb topilgandi.

















