Bobojonova: jurnalistlarning huquqlari ko‘p hollarda inobatga olinmayapti
Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori Gulnora Bobojonova jurnalistlarning huquqlari ko‘p hollarda inobatga olinmayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Bobojonova 5 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida tashkil etilgan davra suhbatida aytib o‘tgan.
«Ularning (jurnalistlar - tahr.) maqomini mustahkamlash uchun Jurnalistlar kasaba uyushmasini tashkil etish kerak. Ular madaniyat xodimlari kasaba uyushmasiga biriktirib qo‘yilgan. Vaholanki, jurnalistika kasbining xususiyatlari madaniyat va ta'limdan farq qiladi», — deya qayd etgan markaz direktori.
Jurnalistika sohasiga oid huquqiy-normativ aktlarga o‘zgartirish kiritish orqali ularni takomillashtirish bo‘yicha tashkil etilgan davra suhbatida Bobojonova «ko‘p hollarda jurnalistlarga ham huquqiy savodxonlik» yetishmasligini ta'kidlagan.
Uning aytishicha, jurnalistlar qonunlar bilan tanish emas. Bu borada jurnalistlar malakasini oshirishga ko‘proq e'tibor qaratish kerak, deb hisoblaydi Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi direktori.
Avvalroq, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori OAV faoliyatiga asossiz aralashuvidan ogohlantirish, OAV hamda davlat idoralari, jismoniy, yuridik shaxslar o‘rtasidagi nizoli holatlarni hal qilish bilan shug‘ullanuvchi Media-ombudsmen instituti tashkil etilishini bildirgandi.
Mavzuga oid
21:29 / 01.10.2024
Julian Assanj: «Men jurnalistikada o‘zimni aybdor deb tan olishga majbur bo‘ldim»
07:45 / 07.08.2024
Bloomberg Gershkovich haqidagi materialdan keyin muxbirni ishdan bo‘shatdi
19:55 / 06.08.2024
Yosh jurnalistlar jamiyat uchun nega muhim? Amerikalik maktab o‘quvchisining mulohazalari
20:01 / 26.06.2024