Vazirlik va idoralarning matbuot xizmati talab darajasida işlamayapti, deb bayonot berdi Komil Allamjonov. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Allamjonovning aytişiça, bu sohadagi muammolarni bartaraf etiş mexanizmlari işlab çiqilmoqda. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

5 mart kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida jurnalistika sohasiga oid huquqiy-normativ aktlarga özgartiriş kiritiş orqali ularni takomillaştiriş böyiça davra suhbati muhokamalari bölib ötmoqda.

«Agar jurnalistlar davlat taşkilotlaridan ma'lumot olişda sun'iy tösiqlar va muammolarga duç kelsa, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi öşa taşkilot rahbariyatiga taqdimnoma kiritiş huquqiga ega», — deya ta'kidladi Allamjonov. 

Agentlik direktori Özbekistonda OAV huquqlarini kafolatlaş va qonuniy manfaatlarini himoya qilişni kuçaytiriş, davlat idoralarining OAV faoliyatiga asossiz aralaşuvidan ogohlantiriş, OAV hamda davlat idoralari, jismoniy, yuridik şaxslar örtasidagi nizoli holatlarni hal qiliş bilan şuğullanuvçi Media-ombudsmen instituti ta'sis etilişini ma'lum qilgandi. 

Şuningdek, 2019 yil 1 iyunga qadar Özbekiston Respublikasi jurnalistining umume'tirof etilgan milliy guvohnomasini joriy etiş böyiça me'yoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qiliş rejalanayotgani bildirilgandi. 

«Ba'zi taşkilotlarda matbuot kotibi vakansiyasi böş ekanligini ham köriş mumkin. Bu lavozimga köpçilik qiziqmaydi, çunki bu lavozimning nufuzi yöq. Idora rahbariyati matbuot xizmati bilan mutlaqo hisoblaşmaydi, hisob. Axborot siyosatini yuritişda matbuot kotiblarining roli sezilmaydi», — deb qöşimça qiladi Allamjonov yiğilişda.

Eslatib ötamiz, Prezident matbuot kotibi lavozimida işlagan Komil Allamjonov Prezident Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori vazifasini bajaruvçi lavozimiga tayinlangan.