Venesuela muxolifati yetakchisi Xuan Guaydo amaldagi prezident Nikolas Maduro o‘z lavozimini tark etishi mumkin bo‘lgan uchta ssenariyni ma'lum qildi. U bu haqda The Washington Post nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
Guaydoga Maduro kuch qo‘llanmasdan o‘z lavozimini tark etadigan voqealar rivoji haqida savol berilgan. “Biz Venesuelada barcha imkoni bor ishni qildik: namoyishlarga chiqdik, hokimiyatning tinchlik bilan o‘tishi uchun barcha imkoniyatlarni qo‘llamoqdamiz. Ayni vaqtda men 3 ta ssenariy ko‘rmoqdaman”, deb javob qilgan Guaydo.
Uning fikricha, birinchi ssenariy “erkin va adolatli saylovlarni” o‘tkazishdan iborat. Guaydo ikkinchi ssenariy yuz berishini eng kam ehtimolli deb atagan, u “hokimiyatning almashishi, biroq joriy tuzumning qisman saqlanib qolishidan” iborat.
“Nihoyat, harbiylar konstitutsiya, Guaydo va qarshilar tomonga o‘tishi mumkinligi varianti bor. Bu hokimiyatning egallab olinishini to‘xtatishi mumkin”, deb aytgan Guaydo.
















