Janubiy Koreya Savdo-sanoat va energetika vaziri Sung Yun Mo boşçiligidagi delegatsiya «Özagrotexsanoatxolding» aksiyadorlik jamiyatida böldi. Özbekiston – Janubiy Koreya qöşma korxonasida bölib ötgan uçraşuvda tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalari haqida söz yuritildi. Bu haqda AJ axborot xizmati Kun.uz’ga ma'lum qildi. Uçraşuvda qişloq xöjaligi maşinasozligi sohasida amalga oşirilgan işlar va yaqin kelajakdagi vazifalar xususida fikr almaşildi.

Mehmonlar, şuningdek, Özbekiston – Janubiy Koreya hamkorligining mahsuli – «Qişloq xöjaligi maşinasozligi konstruktorlik-texnologik markazi» faoliyati bilan ham yaqindan tanişdi.


Taşrif doirasida koreyalik mehmonlarga uşbu markaz faoliyati, bu yerda amalga oşirilayotgan yangi loyihalar, yaratilayotgan şart-şaroitlar haqida batafsil ma'lumotlar berildi. Qolaversa, ularga istiqboldagi loyihalar, hamkorlikda ötkazilgan ilmiy seminarlar hamda markaz tomonidan olib borilayotgan ilmiy-texnik izlanişlar samarasi aks ettirilgan qişloq xöjaligi texnikalari ham namoyiş etildi.
















