Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2019 yil 4 martdagi 54-ls-sonli buyruği bilan Ğaznaçilik boşliğining birinçi örinbosari lavozimiga Azamat Şuhratoviç Fozilov tayinlandi.

A.Fozilov 1980 yilda Samarqand şahrida tuğilgan, ma'lumoti oliy. 2002 yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini bakalavr va 2003 yilda Özbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasini tamomlagan. Mutaxassisligi iqtisodçi.

Moliya vazirligi tizimidagi mehnat faoliyatini 2000 yilda Samarqand şahar moliya bölimida 1-toifali mutaxassis lavozimidan boşlagan, keyinçalik vazirlik tizimida turli mas'ul va rahbarlik lavozimlarda, xususan Moliya vazirligi huzuridagi Respublika maqsadli Kitob jamğarmasi ijro etuvçi direksiyasining ijroçi direktori, Moliya vazirligi markaziy apparati Ijtimoiy soha va fanni moliyalaştiriş boş boşqarmasi boşliği, Moliya vazirligi huzuridagi Öquv markazi direktori lavozimlarida mehnat qilgan. Moliya vazirligidagi iş staji 19 yilni taşkil etadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Moliya vazirligida yangi lavozim tayinlovlari röy bergandi.