Xitoy Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Lu Kan Örta va kiçik masofadagi raketalarni yöq qiliş töğrisidagi bitim töxtatilişi böyiça izoh berdi. Bu haqda TASS xabar qilmoqda.

Uning sözlariga köra, Rossiya va AQŞning bitimdan çiqib ketişi jahondagi xavfsizlikka salbiy ta'sir qiladi.

«Xitoy Amerika tomoni bu bitimdan çetlaşişiga qat'iy qarşi çiqadi», - deya aytib ötdi Lu Kan.

Uning qöşimça qilişiça, tomonlar kelişmovçiliklarni imkon qadar tezroq hal etişi va bitimni tiklaşi lozimdir.

Eslatib ötamiz, avvalroq Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskva tomonidan Örta va kiçik masofadagi raketalarni yöq qiliş töğrisidagi bitim bajarilişini töxtatişga doir farmonni imzolagandi.

Rossiya tomoni, hujjat matniga köra, «Amerika Qöşma Ştatlari tomonidan mazkur bitim böyiça buzilgan majburiyatlar tiklanmagunça yoki uning amal qilişi bekor qilinmagunça» Örta va kiçik masofadagi raketalarni yöq qiliş töğrisidagi bitimni bajarişni töxtatadi.