AQŞning Forbes naşri dunyoning eng boy odamlari reytingini yangiladi. Röyxat naşr saytida e'lon qilingan.
Rossiyaliklar orasida eng badavlat odam «Novatek» boşqaruv raisi Leonid Mixelson bölgan (dunyo reytingida 32-örin). Uning boyligi 24 mlrd dollarga baholandi.
2-örinni NLMK’ning asosiy egasi Vladimir Lisin 21,3 mlrd dollar (umumiy reytingda 45-örin) bilan, 3-örinni esa «Lukoyl» prezidenti Vagit Alekperov 20,7 mlrd dollar bilan egalladi.
USM Holding asosçisi va asosiy aksiyadori Alişer Usmonov dunyo böyiça 106-örin (12,6 mlrd dollar), Rossiyada 9-örinni egalladi (ötgan yili dunyo böyiça 118-örin va Rossiyada 10-örinni egallagan edi).
Forbes Usmonov dastlabki daromadini plastik paketlardan qilganligini ta'kidlaydi. Bugungi kunda tadbirkorning eng yirik aktivi «Metalloinvest» metallurgik gigantidagi uluşi hisoblanadi. Usmonov, şuningdek, Facebook’ga birinçilardan bölib investitsiya kiritgan, Xiaomi va boşqa telekommunikatsion kompaniyalarning aksiyalari egasidir.
Alişer Usmonov 2018 yilda «Arsenal» futbol klubidagi 30 foiz uluşini 700 million dollarga sotgandi.
Usmonov «Arsenal»dagi uluşidan tuşgan pullarni Özbekistondagi qişloqlarni rivojlantirişga sarflaydiBiroz avvalroq Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Alişer Usmonov Namanganda «Obod qişloq» va «Obod mahalla» dasturlari uçun 50 million dollar miqdorida beğaraz yordam ajratganini ma'lum qilgandi.












