Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Moskva - Toshkent reysidagi yo‘lovchiga birinchi yordam ko‘rsatdi
Foto: Inna Finochka/TASS
Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri Veronika Skvorsova «Aeroflot»ning Moskva - Toshkent reysidagi yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.
Parvoz paytida O‘zbekiston fuqarosi bo‘lgan ayolning mazasi qochib qolgan, uning qorni og‘rigan. Samolyotdagi umumiy aloqa orqali shifokor talab etilayotgan e'lon qilindi va Veronika Skvorsova bunga befarq qarab turmagan.
«Vazir vaziyatni hayot uchun xavfli emas deb baholadi va o‘zi bilan doimo olib yuradigan dorilarni olib keldi. Dori vositasini qabul qilganidan so‘ng yo‘lovchining holati yaxshilandi», - deyiladi xabarda.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi delegatsiyasi 6 mart kuni ertalab ikki kunlik tashrif bilan O‘zbekistonga keldi. Rossiya delegatsiyasi O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligida muzokaralar o‘tkazadi, shuningdek, mamlakatdagi bir qator tibbiyot muassasalariga tashrif buyuradi.
O‘zbekiston TIV xabarida aytilishicha, uchrashuv chog‘ida tomonlar Rossiya tibbiyot oliy o‘quv yurtlaridan birining filialini ochish va Toshkentda zamonaviy ko‘p tarmoqli tibbiyot markazini qurish imkoniyatlarini muhokama qilishi kutilyapti.
Mavzuga oid
23:45 / 21.12.2025
Mirziyoyev, Rahmon va Japarovga Tolstoy nomidagi tinchlik mukofoti topshirildi
16:05 / 20.12.2025
Kiyev YeI sammiti haqida: RFning Ukrainani qulatishga qaratilgan hisob-kitobi barbod bo‘ldi
15:21 / 20.12.2025
B rejasi: Nega YeI Ukrainaga Rossiya zaxiralarini bermadi?
14:29 / 20.12.2025