Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston Ozarboyjon va Estoniya bilan avtomobil tashuvlari bo‘yicha bitim imzolaydi
O‘zbekiston Ozarboyjon va Estoniya bilan xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risidagi bitimni imzolaydi. Bu haqda transport-logistika sohasida hamkorlik masalalari bo‘yicha xorijiy davlatlar bilan muzokaralar o‘tkazishga oid tadbirlar rejasida aytiladi.
Xususan, Ozarboyjon va Estoniya bilan xalqaro avtomobil tashuvlari to‘g‘risidagi ikki tomonlama xalqaro bitimlar loyihalarini imzolash uchun xorijiy tomon bilan muvofiqlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Afg‘oniston bilan xuddi shunday bitim ishlab chiqiladi.
Amalga oshirish muddati - 2019 yil 1 dekabr. Mas'ullar - Transport vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, TIV.
Shuningdek, xorijiy davlatlar, shu jumladan, Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston, Eron, Ozarboyjon, Gruziya va XXR temir yo‘l korxonalari bilan transport yo‘laklarining diversifikatsiyasi maqsadida raqobatbardosh tariflar hamda chegirmalar taqdim etish bo‘yicha muzokaralar o‘tkaziladi.
Amalga oshirish muddati - 2019 yil oxirigacha. Mas'ullar - Transport vazirligi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ.
Mavzuga oid
17:50 / 14.07.2026
Ukraina hech qachon okkupatsiyaga rozi bo‘lmasligi lozim – Aliyev
14:14 / 22.06.2026
Ozarboyjon elchisiga «Mehnat shuhrati» ordeni topshirildi
19:01 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Ozarboyjon bosh vaziri bilan hamkorlik masalalarini muhokama qildi
22:08 / 18.05.2026