Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri nostrifikatsiya qilinadigan xorijiy OTM ro‘yxati tasdiqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi hamda Davlat inspeksiyasining qo‘shma qarori bilan xalqaro tan olingan tashkilotlarning oliy ta'lim muassasalari reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy ta'lim muassasalarining ro‘yxati tasdiqlandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabariga ko‘ra, ro‘yxat quyidagi xalqaro tashkilotlari reytingi asosida tuzildi:
ARWU – The Academic Ranking of world Universities;
THE – Times Higher Education;
QS – Quacquarelli Symonds World University Rankings.
Reytingda birinchi 1000 ta o‘rinni egallagan oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarining ta'lim to‘g‘risidagi hujjatlarini nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) to‘g‘ridan-to‘g‘ri (maxsus sinovlarsiz) amalga oshiriladi.
Qo‘shma qaror bilan tasdiqlangan xalqaro tan olingan tashkilotlarning OTMlar reytingida birinchi 1000 talikka kiritilgan oliy ta'lim muassasalari 2018 yilda e'lon qilingan ro‘yxat asosida shakllantirilgan hamda navbatdagi reyting e'lon qilingunga qadar amal qiladi.
Ro‘yxatning to‘liq varianti bilan quyida tanishish mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada ta'lim olgan fuqarolarning hujjatlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinishi kutilayotgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
19:17 / 21.11.2025
Markaziy Osiyo davlatlari diplomlarni o‘zaro tan olish to‘g‘risidagi bitimni imzolagani rad qilindi
20:59 / 22.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
16:36 / 24.01.2025
Diplomi O‘zbekistonda tan olinadigan dunyo oliygohlari ro‘yxati e’lon qilindi
18:02 / 17.04.2024