O‘zbekiston | 12:10 / 07.03.2019
13298
1 daqiqa o‘qiladi
«O‘zkimyosanoat» raisiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Yevgeniy Aleksandrovich Korjikov «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari etib tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi telegram kanali xabar bermoqda
Qayd etilishicha, Ye. Korjikov shu kunga qadar «Navoiyazot» AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Bundan oldin, Dmitriy Gennadevich Pak boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 5 fevral kuni Odil Temirov «O‘zkimyosanoat» aksiyadorlik jamiyati boshqaruvining raisi etib tasdiqlangan.
Mavzuga oid
12:00 / 09.12.2023
«O‘zkimyosanoat» yana bir xalqaro reytingni qo‘lga kiritdi
14:27 / 27.11.2023
O‘zbekistonda yashil vodorod ishlab chiqariladi
16:00 / 26.10.2023
“O‘zkimyosanoat” AJ kimyo sanoati tarixida ilk bor BB- “Barqaror” xalqaro kredit reytingini qo‘lga kiritdi
17:23 / 09.08.2023