Özbekiston Prezidenti “Transport va turizm obektlarida jamoat xavfsizligini ta'minlaşning samarali tizimini joriy etiş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorga imzo çekdi.
Hujjat bilan Özbekiston Içki işlar vazirligi va Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasining Buxoro, Samarqand, Xiva va Şahrisabz şaharlarida joriy etilayotgan Xavfsiz turizmni ta'minlaş konsepsiyasini Toşkent şahri, Toşkent va Surxondaryo viloyatlarida tatbiq etiş va bosqiçma-bosqiç amalga oşiriş;
içki işlar organlarining belgilangan ştatlar soni doirasida Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi, Toşkent va Surxondaryo viloyatlari içki işlar boşqarmalarining xavfsiz turizmni ta'minlaş boşqarmalarini taşkil etiş töğrisidagi takliflariga rozilik berildi.
Boşqarmalar faoliyatining asosiy yönalişlari etib quyidagilar belgilandi:
• bevosita turistik namoyişi obektlari va infratuzilmasi hududlarida jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini oliş va jinoyatçilikka qarşi kuraş sohasida içki işlar organlari xizmatini samarali taşkil qiliş;
• içki işlar organlarining xavfsiz turizmni ta'minlaş borasidagi faoliyatini axborot-texnik jihatdan kömaklaşiş, ular örtasidagi özaro muvofiqlaştirilgan hamkorlik ustidan qat'iy nazorat örnatiş;
• turistik namoyişi obektlari va infratuzilmasi hududlarida kriminogen vaziyatni tizimli tahlil qiliş, turistlarga nisbatan sodir etiladigan huquqbuzarliklar sabablari va şaroitlarini aniqlaş hamda ularni bartaraf etiş yuzasidan manzilli çora- tadbirlarni amalga oşiriş.
Şuningdek, qarorga muvofiq, Özbekiston IIV Transportda jamoat xavfsizligini ta'minlaş boşqarmasi, Toşkent şahar IIBB Toşkent metropolitenida içki işlar boşqarmasi hamda Toşkent viloyati IIB transportda jamoat xavfsizligini ta'minlaş bölimi negizida vazirlikning Transportda xavfsizlikni ta'minlaş boş boşqarmasi taşkil etiladi.
Boş boşqarmaning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
• metropoliten, temir yöl va havo-transport infratuzilmasi obektlarida jamoat tartibini saqlaş, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatçilikka qarşi kuraş borasidagi faoliyatni muvofiqlaştiriş;
• yölovçilarning harakatlaniş xavfsizligini, temir yöl va havo transportida taşiladigan tovar-moddiy boyliklarning butligi va qöriqlanişini samarali ta'minlaş;
• transport obektlarida terroristik tahdidlarni, giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va ularning prekursorlari, öqotar qurol, öq-dorilar, portlovçi, radioktiv, zaharli, kuçli ta'sir qiluvçi va zaharlovçi moddalarning noqonuniy aylanmasi bilan boğliq holatlarni öz vaqtida aniqlaş va bartaraf etişni taşkil qiliş;













