Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina prezidentligiga nomzod Vladimir Zelenskiy o‘ziga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma'lum qildi
Ukraina prezidentligiga nomzod Vladimir Zelenskiy hukumatni bosim ko‘rsatishda aybladi va o‘ziga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilganini ma'lum qildi.
"Hukumat past ketmoqda. Birinchidan, mening ofisimni eshitishmoqda, ikkinchidan menga va "95-kvartal"ga qarshi qandaydir tovlamachilik bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishdi. Uchinchidan, xabarlarga qaraganda, maxsus odamlar mening siyosiy bilbordlarimni o‘rnatish uchun LXRdan odam qidirishmoqda", - dedi u Facebook sahifasidagi videomurojaatida.
Zelenskiyning aytishicha, bundan tashqari, yaqin vaqt ichida u go‘yoki "2002 yilda Chernigov oblastida odam urib yuborganligi" haqida yana bir ish ochilishi mumkin.
Zelenskiyga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida hozircha rasmiy xabarlar yo‘q.
Avvalroq Kiyev politsiyasi Vladimir Zelenskiyning ofisi yaqinida yashirin eshitish uskunalari topilganligi bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilayotgani haqida xabar qilgandi.
Ukrainada prezident saylovi 31 martda bo‘lib o‘tadi. So‘rovlar natijalariga ko‘ra, reytingda Vladimir Zelenskiy yetakchilik qilmoqda, ikkinchi va uchinchi o‘rinlarda amaldagi prezident Pyotr Poroshenko va "Batkivshchina" partiyasi rahbari Yuliya Timoshenko bormoqda.