Koreya yarim orolining yadrosizlanişi Donald Tramp prezidentligining birinçi muddati tugaşiga qadar yakunlanadi. Bu haqda AQŞ Davlat departamenti vakili jurnalistlarga brifingda ma'lum qildi, deb xabar bermoqda TASS.
Uning sözlariga köra, yadroviy qurolsizlaniş masalasi böyiça iş uşbu muddatlar asosida amalga oşirilmoqda. Davlat departamenti vakilining qayd etişiça, Vaşington ma'muriyatida belgilangan rejalarga erişiş uçun yetarliça vaqt bor.
Trampning prezidentlik lavozimidagi muddati 2021 yil 20 yanvarda tugaydi. Şu bilan birga, Amerika yetakçisi 2020 yilgi saylovlarda ğalaba qozonişiga işonç bildirgan. Bu holatda, ikkinçi muddat 2025 yil 20 yanvarda yakuniga yetadi.
Bundan oldin, Davlat departamenti Kim Çen Inning va'dasi haqida ma'lum qilgandi.
Davlat departamentining yuqori martabali vakili ma'lum qilişiça, Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje Inga KXDR Soxe raketa poligonini yöq qilişi hamda u yerga xalqaro inspektorlarning kirişiga imkon yaratişi töğrisida va'da bergan.

















