AQŞ Davlat departamentining yuqori martabali vakili ma'lum qilişiça, Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen In Janubiy Koreya prezidenti Mun Çje Inga KXDR Soxe raketa poligonini yöq qilişi hamda u yerga xalqaro inspektorlarning kirişiga imkon yaratişi töğrisida va'da bergan. Vakilning sözlari RIA «Novosti» tomonidan keltirildi.

Qayd etilişiça, Pxenyandagi sammit vaqtida Kim Çen In şunday va'da bergan.

«Şuningdek, Kim Çen In Şimoliy Koreya bu obektni yöq qiliş niyatida ekani va xalqaro inspektorlarning u yerga kirişiga ruxsat bermoqçiligi töğrisida alohida ma'lum qildi», - deya qöşimça qilib ötgan vakil.

Eslatib ötamiz, avvalroq AQŞ KXDRga qarşi sanksiyalar ehtimoli haqida ma'lum qilgandi.